16-martdan 18-martga qadar viloyatimiz bo‘ylab "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlab yuborildi.

Qashqadaryo sohili bo‘yida mazkur obodonlashtirish ishlari "Yashil makon" umummilliy harakatiga ulanib ketdi va unda ishtirok etgan viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi sektor rahbarlari hamda masʼullar keng jamoatchilik, turli soha egalari va yoshlar bilan birgalikda manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Hasharning birinchi kunidayoq 249 tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarilib, 83 ta texnika vositalari hashar uchun jalb etildi. 29 km ariq va lotoklar tozalangan holda 21000 dan ortiq daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Jami 198 ta qabriston va ziyoratgohlar tartibga keltirildi hamda 35 ta oilaning 1002 m2 uy-joylari taʼmirlandi va 76 ta ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Joylarda hasharchilar uchun dasturxonlar ham yozildi.

Ma'lumot uchun, viloyatimiz bo‘ylab start olgan bu xayriya hashari kunlarida 2418 gektar yer maydoni obodonlashtirilishi, 2064 tonna chiqindilar chiqarilib, 235 km ariq va lotoklar, 1344 ta qabristonlar tozalanadi. Shuningdek, 152 ta ziyoratgohlar hamda 739 ta bolalar maydonchalari taʼmirlanib, 57 ta yangi bog‘lar barpo etilishi rejalashtirilgan.

18-03-2024 |
Foto galereya