Assalomu alaykum, muhtaram vohadoshlar!

Yarmarka ishtirokchilari, Hurmatli tadbirkorlar!

Qashqadaryo viloyati “hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi”ning ochilish marosimiga xush kelibsizlar!

Viloyatimiz respublikaning yirik sanoat korxonalari joylashgan xududi hisoblanib, asosan neft va gaz, kimyo, elektro energetika, to‘qimachilik, qurilish materiallari sanoati mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda turadi.

Bugungi kunda viloyatda 4 mingdan ortiq sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Albatta sanoatda kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish bu ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga olib keladi.

Shuni inobatga olgan hoda bugun Qarshi shahrida  tarmoqlararo sanoat yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Ushbu sanoat yarmarkasi jami 4 500 ming kv.metr maydonda tashkil etilib, unda 100 dan ortiq mahalliy va respublikadagi sanoat ishlab chiqarish korxonalarining 1000 ga yaqin mahsulot namunalari bilan ishtirok etayaptilar.

Xususan, Respublika miqiyosidagi tarmoq va uyushmalar tarkibidagi va poytaxt Toshkent shahridan, shuningdek viloyatlaridan 30 ga yaqin korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Mazkur “sanoat yarmarkasi”ning muhim ahamiyatli jihati shundaki, bu albatta viloyat, qolaversa mamlakat sanoatini rivojlantirish, korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirish, sohada amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yetkazishdan iboratdir.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, muhtaram Prezidentimiz rahbarliklarida mahalliy xomashyolar asosida eksportbop sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, yirik sanoat korxonalari va kichik biznes subyektlari o‘rtasida integratsiya aloqalarni tubdan yaxshilashga qaratilgan bir qator muhim qarorlar qabul qilinib, bugungi kunda sohani rivojlantirishda huquqiy asos sifatida xizmat qilmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar!

Shu munosabat bilan, xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalari ishlab chiqarish ehtiyoji uchun talab etiladigan mahsulotlarni kelgusida sanoat kooperatsiyasi asosida yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan taqdimotlarda faol qatnashib, o‘zaro hamkorlik buyurtma portfelini shakllantirish imkoniyatidan unumli foydalanish imkoniyatlaringiz mavjud.

Ushbu yarmarka tadbirkorlarni birlashtiruvchi muhim platformaga aylanadi. Unda o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik respublikamizning sanoati salohiyatini yanada oshirishiga xizmat qiladi.

Eʼtiborlaringiz uchun rahmat!

13-10-2023 |
Foto galereya