#Korrupsiyaga_qarshimiz

So‘nggi yillarda soliq organlarini xizmat ko‘rsatish yo‘nalishiga transformatsiya qilish, sohaga raqamli texnologiyalarning keng tatbiq qilinishi natijasida inson omili cheklanib, korrupsiya holatlariga barham berilmoqda.

Shu bilan birga tadbirkorlarga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida amaliy yordam ko‘rsatilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlari davomida soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, org@soliq.uz elektron pochtasi, shuningdek, ishonch telefoni (75-225-10-82) orqali ma’lumot berishlari mumkinligi haqida eslatmalar tarqatilmoqda.

Foto galereya