Bilamizki, korrupsiya butun dunyo iqtisodiyoti va rivojlanishiga katta to‘siq bo‘luvchi omil hisoblanadi. Ayni shu masalada viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi Murotjon Azimov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimlari Nuriddin Ikramov va Saidakmal Yuldashev ishtirok etishib, 2022-yil ikkinchi yarim yillikda bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi loyihasi muhokama etildi.

Shuningdek, viloyat IIB, maktabgacha taʼlim va sog‘liqni saqlash boshqarmalari, hamda Markaziy bank hududiy boshqarmasi kabi bir nechta tashkilot rahbarlarining mazkur sohada olib borayotgan hisobotlari tinglandi. Mavjud muammo va kamchiliklar bo‘yicha takliflar bildirildi.

Foto galereya