Viloyatdagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarni o‘rganish va ularning muammoli masalalarini bartaraf etish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda viloyatdagi soha rahbarlari ishtirokida ochiq sayyor qabul o‘tkaziladi.
 
Shu munosabat bilan, sizda mazkur soha xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa sayyor qabulga tashrif buyurishingiz mumkin.
 
Qabul jarayonlari joriy yilning 17-aprel kuni soat 11:00 da Qarshi shahrida joylashgan "Karshi IT-Technopark" binosida boshlanadi.
 
Batafsil ma’lumot uchun telefon: (75) 221-80-00
Foto galereya