HURMATLI TADBIRKORLAR!

HURMATLI TADBIRKORLAR!

09-06-2022 | 800

Hozirda Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD), Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki va Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda foydalanish uchun kredit resurslari ajratilganini ma’lum qilamiz:
 
1. Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD) – Sut yo‘nalishidagi yirik shoxli qoramollar sotib olish, veterinariya xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan uskunalar (tovarlar) va xizmatlar uchun 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha, xorijiy valyutada yillik foiz stavkasi 5,5 % shundan, 2,2 % foizini Tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi. 
 
Mas’ul banklar: AT “Xalq banki”, ATB “Qishloq qurilish banki” 
 
Garov ta’minoti: 125%, shundan 50% fond kafilligi beriladi, o‘zining ulushi 25% kam bo‘lmagan holda (natura yoki pul ko‘rinishida). 
 
2. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) - yirik shoxli qoramollar 500 boshgacha, parranda 100 ming boshgacha, yiliga 10 ming bosh qoramol, 10 mln bosh parrandadan oshmaydigan qushxona jihozlarini xarid qilish uchun, tovar va uskunalarni OTBga a’zo bo‘lgan 67 ta davlatlardan xarid qilish uchun 3 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan xolda 10 yil muddatgacha yillik foiz stavkasi 19%. 
 
Mas’ul banklar: AT “Xalq banki”; ATB “Turonbank”; ATB “O‘zsanoatqurilishbank”; ATB “Mikrokreditbank”; ATB “Qishloq qurilish bank”; ATB “Ipoteka bank”.
 
Garov ta’minoti: 125%, o‘zining ulushi 25% kam bo‘lmagan holda (natura yoki pul ko‘rinishida). 
 
3. Jahon banki - Sut yo‘nalishidagi yirik shoxli qoramollar sotib olish, Qishloq xo‘jaligi texnikalari sotib olish uchun va sut va sut maxsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash uskunalari uchun Imtiyozli davrsiz 7 yil muddatgacha, xorijiy valyutada yillik foiz stavkasi 6,5%. 
 
Mas’ul banklar: AT “Xalq banki”, ATB “O‘zsanoatqurilishbank”, ATIB “Ipoteka bank”, ATB “Turon bank”,  ATB “Asia alliance bank”, ATB “Aloqa bank”, XATB “Davr bank”, ATB “Asaka bank”, ATB “Qishloq qurilish bank”.
 
Garov  ta’minoti: 125%, o‘zining ulushi 25% kam bo‘lmagan holda (natura yoki pul ko‘rinishida). 
 
4. Fransiya taraqqiyot agentligi - Yirik va mayda shoxli qoramollar, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, yilqichilik, quyonchilik, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash va saqlash, veterinariya xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan uskunalar (tovarlar) sotib olish va xizmatlar ko‘rsatish, chorvachilikni rivojlantirish uchun talab etiladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologiya va asbob-uskunalar, chorvachilik sohasiga bog‘liq boshqa yo‘nalishlar uchun 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatgacha, Milliy valyutada yillik foiz stavkasi 20%ni tashkil qiladi.  
 
Mas’ul banklar: Xalq bank, Hamkor bank, Qishloqqurilish bank, Mikrokredit bank. 
 
Garov ta’minoti: 125%, o‘zining ulushi 30% kam bo‘lmagan holda (natura yoki pul ko‘rinishida).
 
▫️ O‘zingiz uchun eng ma’qul taklifni tanlab, tadbirkorlik faoliyatingizni biz bilan boshlang!
 
▫️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi raqamga murojaat etishingiz mumkin:
 
+998950930770
Foto galereya