Isitish mavsumi boshlandi

Isitish mavsumi boshlandi

25-10-2022 | 433

Viloyat hududida ijtimoiy soha obyektlari hamda turar-joy binolarini isitish mavsumi 2022-yilning 25-oktabr kunidan 2023-yil 1-aprel (ob-havoning o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin) kunigacha etib belgilandi. Bu haqda viloyat hokimi qarori qabul qilindi.

Viloyatda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha tegishli viloyat boshqarmalari, idora va tashkilotlari va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning doimiy monitoringini yuritish va muvofiqlashtirib borish bo‘yicha viloyat hokimligida kun-u tun ishlovchi viloyat shtabi tashkil etiladi.

Shtab raqami: +99875  225-16-89.

Foto galereya