Joriy yilning 6-7-dekabr kunlari viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish viloyat boshqarmasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida vohamiz yoshlari uchun “Ideaton” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin:

- sunʼiy idrok;
- tibbiyot;
- energetika;
- agrar (qishloq xo‘jaligi);
- qurilish;
- taʼlim;
- ijtimoiy himoya;
- aholi bandligi;
- turizm;
- Fin Tech.

Manzil: Qarshi shahri, "IT Techno Park". (Davlat xizmatlari binosi yonida)

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 30-noyabr soat 23:59 gacha.

Tanlovda o‘z loyihalaringiz bilan ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/KnB6nRmErJqiSeai8

Foto galereya