Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Xitoy Xalq Respublikasining "China CAMC Engineering Co.,LTD" kompaniyasi delegatsiyasi bilan videokonferensaloqa formatida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisi Farhod Arziyev ham qatnashib, unda viloyat hokimligi va Xitoy kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolandi.

Bitimga ko‘ra, tomonlar:

- Kitob, Qamashi va Shahrisabz tumanlarida zamonaviy osma dor yo‘llarini barpo etish va ularni birgalikda boshqarish;
- viloyatda muqobil (quyosh, shamol va boshqalar) va energiya tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish;
- viloyat hududida zamonaviy agrologistika markazlarini qurish va tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan boshqa investitsion loyihalarni amalga oshirish;
- kelishuvlarni tez fursatda amalga oshirish va doimiy aloqa almashish maqsadida ikki tomonlama ishchi guruhi tuzish masalalari belgilangan.

Shuningdek, Xitoy kompaniyasi bosh direktori Li Xaysin O‘zbekiston bozori kompaniyaning investitsiyaviy faoliyatida muhim o‘rin tutishini, 2022-yil 17-sentabrda Samarqandda o‘tkazilgan SHHT davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari doirasida davlat rahbarlarining o‘zaro uchrashuvlaridan kelib chiqib, kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati yanada faollashganini aytdi.

17-01-2023 |
Foto galereya