Bu haqda viloyat hokimi Murotjon Azimov Koson tumanidagi 47-sonli DMTT ochilishida maʼlum qildi.

Maʼlumki, 2017-yilda vohamizda atigi 326 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud bo‘lib, qamrov darajasi 13 foizni tashkil etgan, xolos.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan berilgan yuksak eʼtibor natijasida bolalarimizning bog‘chaga qamrov darajasi kun sayin oshib bormoqda.

Bugun ham viloyatimizning turli hududlarida 2 ming 100 nafar bola qatnoviga mo‘ljallangan 45 ta bog‘cha (5 tadavlat, 4 ta davlat xususiy sherikligi asosida, 36 ta oilaviy) bog‘cha ochilmoqda.

Ahamiyatlisi, yil boshidan viloyatimizda 454 ta bog‘cha (18 tadavlat, 6 ta davlat xususiy sherikligi asosida, 430 ta oilaviy) ochildi. Yoki qamrab olinmagan 16 ming 100 nafarbolajonlarimiz uchun bog‘cha quvvatlari yaratildi.

Umuman, viloyatimizda bog‘chalar soni 4061 taga yoki 2017-yilga nisbatan 12,5baravarga oshib, qamrov darajasi 63 foizga yetdi.

Albatta, ushbu raqamlarni og‘izda aytish oson. Lekin, muhtaram Prezidentimizning sohaga eʼtiborlari, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratilgani natijasidir.

Maʼlumot uchun, bugun “Rahimso‘fi” mahallasida ochilgan zamonaviy 120 o‘rinli bog‘cha qariyib 6 mlrd so‘m mablag‘ evaziga qurilib, jihozlangan.

Yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining barpo etilishi mahalla aholisi uchun katta qulaylik bo‘ldi. Mahallada shu paytgacha bitta oilaviy bog‘cha mavjud bo‘lib, bog‘cha yoshidagi 650 dan ortiq boladan atigi 2 nafari qamrab olingan edi.

01-06-2024 |
Foto galereya