Zoir Aliqulov tumanda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha jurnalist va blogerlarga axborot berdi.

Dehqonobod tumanida oxirgi besh yil ichida yo‘l infratuzilma va ijtimoiy soha inshootlari qurish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Jumladan:
- 635 kilometr ichki yo‘llar ta’mirlandi;
-72 ta ko‘prik ta’mirlandi va yangidan qurildi;
- 370 kilometr havo tarmog‘i rekonstruksiya va yangidan qurildi, 85 ta transformator punkti yangidan o‘rnatildi;
- 308 km yangidan suv tarmog‘i qurildi va rekonstruksiya qilindi;
-31288 dona maishiy gaz balloni gaz iste’molchilarga yetkazib berildi;
-34 ta maktablar yangidan qurildi, rekonstruksiya qilindi va kapital ta’mirlandi;
-10 ta MTT yangidan qurildi va rekonstruksiya qilindi;
-9 ta Sog‘likni saqlash inshootlari qurildi va rekonstruksiya qilindi;
-Tuman markazida aholini dam olishi uchun Istirohat bog‘i rekonstruksiya qilindi;
-Aholiga qo‘lay sharoit yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi yangidan qurildi.

Hozirgi kunda tumanda jami 153125 nafar aholi ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 124031 nafari yoki umumiy aholining 81 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi.

2022-yil boshida tumanda markazlashgan holda ichimlik suv bilan ta’minlanish darajasi 2 foizni tashkil qilib, aholining 39 foizi buloq, daryo va quduqlardan, 59 foizi esa tashib ichimlik suvidan foydalanar edi.

2022-yil yakuniga qadar tumanda markazlashgan holda ichimlik suv bilan ta’minlanish darajasi 11 foizni tashkil qilib, aholining 35 foizi buloq, daryo va quduqlardan, 55 foizi esa tashib ichimlik suvidan foydalanadi.

2023-yil rejalashtirilgan loyihalar yakuni tumanda markazlashgan holda ichimlik suv bilan ta’minlanish darajasi 31 foizni tashkil qilish rejalashtirilgan.

15.02.2023

14-03-2023 |
Foto galereya