Kitob tumanidagi “Al-Hayat” xususiy klinikasi qoshida bolalarning nutqdagi kamchiliklari (duduqlik, til rivojlanmaganligi, oʻqish va yozuvdagi nuqson) sabablari, ularning oldini olish, tuzatish yoʻllarini hamda nutq faoliyati buzilishi mexanizmlari, alomatlarini maxsus taʼlim va tarbiya vositasi yordamida davolaydigan Logoped markazi ochildi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur markazda logoped, psixolog, surdopedagog, nevrapotolog, bolalarni ruxiy va jismoniy rivojlantirish, nuqtali va neyro massaj yo‘nalishi bo‘yicha 10 ga yaqin malakali mutaxassislar jalb etilgan.

Shuningdek, muassasa bir kunda 40 ta mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu yerda zarur barcha sharoitlar yaratilgan.

05-06-2024 |
Foto galereya