Uchrashuvda Tanzila Narbayeva Kengash deputatlarining mahalla yettiligi bilan hamkorligini kuchaytirish, deputatlarning xalq dardini olib chiqishi va masalalarni hal qilish bo'yicha faoliyatni kuchaytirish borasida ko'rsatmalar berdi.

Yig'ilishda senat a'zosi Sherzod Shamsiyev, Xalq deputati, Koson tumani "Gala" mahalla fuqarolar yig'ini raisi viloyatda olib borilayotgan islohotlar va bunda xalq deputatlarining o'rni haqida gapirib o'tdi.

Shuningdek, Senat raisi bugungi tashrif jarayonlari davomida Kasbi tumanidagi "Naxshab tex group" MCHJ va Koson tumanidagi "Bunyodkor tekstil" klasteridagi ishlar bilan tanishdi.

19-04-2024 |
Foto galereya