Turkiyaning "AKSA Enerji Talimarjan" kompaniyasi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Nishon tumanida quvvati 400MVt gaz porshenli elektr stansiyasini qurishni boshlagan. Unga ko‘ra, mazkur loyiha uchun turk kompaniyasi 300 million dollar sarmoya kiritadi va 25 yil loyihani amalga oshirishning butun davri davomida elektr stansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ishlatish bilan shug‘ullanadi.

Loyihaning birinchi bosqichini ishga tushirish joriy yil oktyabr oyiga rejalashtirilgan bo‘lsa, 2025-yil fevral oyida to‘liq quvvatda ishlay boshlaydi va 1200 ta ish o‘rni yaratiladi.

Bugun viloyat hokimi kompaniya rahbari bilan uchrashib, loyihani borishi yuzasidan fikr almashishdi.

07-06-2024 |
Foto galereya