Kecha Qarshi shahridagi “Batosh” mahallasida 687 ta xonadonga mo‘ljallangan 15 ta ko‘p qavatli turar-joy majmuasi qurilishiga start berildi.

Biznesni rivojlantirish banki mijozi "Kamronbek quruvchi" MCHJ tomonidan loyiha qiymati 250 mlrd. so‘mni tashkil etayotgan majmua umumiy maydoni 4.5 gektarni tashkil etib, yashash xonadonlari, aqlli avtoturargohlar, xizmat ko‘rsatish va taʼlim muassasalari joy oladi. Kanalizatsiya, ichimlik suvi, elektr va gaz tarmoqlar zamonaviy talablar asosida tortib kelinadi. Binolarning yerto‘la qismidan ham samarali foydalanish maqsadida yashash xonadonlari joy oladi.

Xonadonlar shahar aholisini uy-joy bilan taʼminlash maqsadida subsidiya asosida beriladi.

Shu bois, viloyat hokimi Murotjon Azimov va jamoatchilik kengashi aʼzolari majmua loyihasi bilan tanishib, qurilishga start berish jarayonlarida ishtirok etishdi. "Kamronbek quruvchi" MCHJ tomonidan mahalla ahliga iftorlik dasturxoni yozilib, boshlanayotgan bunyodkorlik ishlari oldidan Qurʼon tilovat qilinib, duolar qilindi.

27-03-2024 |
Foto galereya