Prezidentimizning joriy yil 11-apreldagi yoshlar masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlariga asosan viloyatdagi yoshlar “Yaxshi”, “O‘rta” va “Og‘ir” toifalarga ajratildi hamda indivudial ishlash maqsadida viloyat va tuman (shahar) darajasidagi rahbarlarga biriktirildi.

Bu haqda Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan "Muammoli yoshlar bilan individual ishlashni yangicha tizimini yo’lga qo’yish" mavzusida o'tkazilgan matbuot anjumani boshqarma boshlig'i Ulug'bek Sultonov ma'lum qildi.

“Yoshlar daftari”ni yuritish bo‘yicha 2022-yilning 31-dekabr holatida viloyatda daftarga kiritilgan yoshlarning 20 596 nafari (95,1%)ga 56,3 mlrd. so‘mlik ko‘mak berilgan. Bu kabi ishlar joriy yil ham davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonlaridan ilgari surilgan tashabbus - “Besh tashabbus olimpiadasi” ham bugungi kunda yoshlar katta imkoniyat yaratib, Respublika bosqichlarida medallarga egalik qilib kelishmoqda.

Bundan tashqari, shaxmatsevar aholi vakillari o‘rtasida haftaning har shanba kuni sovrin jamg‘armasi 5 mln. so‘m bo‘lgan “Rokirovka” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi kunga qadar “Rokirovka” turniri 21 marotaba tashkil etilib, unda viloyatimizning 2 mingdan ziyod shaxmatsevar aholisi vakillari ishtirok etdi.

Shu va boshqa ko'plab ma'lumotlar taqdim etilgan matbuot anjumanida OAV va blogerlar agentlikning tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

31-05-2023 |
Foto galereya