Binoning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev, Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi Abduqayum Mahkamov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutasaddilari, tuman sektor rahbarlari, tizim faxriylari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Har tomonlama qulay va barcha sharoitlarga ega bo‘lgan mazkur binodan texnikalarni taʼmirlash xonasi, nazorat o‘tkazish joyi, yozgi va qishki oshxona, omborxona, o‘quv va maʼnaviyat xonalari o‘rin olgan. Shuningdek, shaxsiy tarkibning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, sport bilan shug‘ullanishi uchun ham imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu zamonaviy talablarga javob beradigan yong‘in-qutqaruv qismi binosi qurilish ishlari 5 milliard 367 million so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirildi.

Bundan tashqari tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga yangi yong‘in o‘chirish mashinasi olib kelindi. Zamonaviy talablarga mos yong‘in o‘chirish mashinasi kaliti Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan topshirildi.

28-04-2023 |
Foto galereya