"Laparoskopik usulda chov churrasini bartaraf qilish, allogernioplastika amaliyoti" deb nomlangan jarrohlik amaliyoti filialning malakali mutaxassislari tomonidan Qarshi tumanilik 34 yoshli erkakda amalga oshirildi. Ayni paytda bemorning ahvoli yaxshi.

Qayd etish zarurki, operatsiyani bajargan jarrohlar yaqinda filialning 5 nafar mutaxassisi safida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida malaka oshirib qaytishgan edi.

Mazkur o‘quv Prezidentimizning 2021-yil 4-oktabrdagi "Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

Filial shifokorlari tahsil olgan Sankt-Peterburgdagi I.I.Janelidze nomidagi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tadqiqot instituti xalqaro doirada mazkur yo‘nalishdagi nufuzli muassasa hisoblanadi.

Bu yerda orttirilgan tajriba vohamizda mazkur xizmatni yana-da rivojlantirishda, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga tatbiq etishda, murakkab jarrohlik amaliyotlari turlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Filialda muvaffaqiyatli bajarilgan yangi turdagi murakkab operatsiya buning yaqqol dalilidir.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.

15-09-2023 |
Foto galereya