Murojaat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Qarshi tumani hokimligi vakillari tomonidan o‘rganildi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, “Guliston” MFYga qarashli Pistakent va Arabxona qishloqlarida 6963 nafar aholi istiqomat qiladi. 

Hudud aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi Ko‘chkak oilaviy shifokor punkti 7 kilometrlik masofada joylashganligi inobatga olinib, bu yerda konteyner o‘rnatildi va mahalla tibbiy punkti tashkil etildi. Punktda aholini bevosita tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, homiladorlarni qabul qilish, emlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni paytda bu yerda 1 nafar shifokor va 8 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘rganish davomida aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, o‘rnatilgan tartib bo‘yicha tashabbusli byudjet asosida hududda mahalla tibbiyot punkti binosini qurish bo‘yicha loyiha taklifi kiritish zarurligi, yetarli ovoz to‘planganidan so‘ng mahalliy byudjetdan bu loyihaga mablag‘ ajratilishi bo‘yicha tushuntirish berildi.

 

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati

07-03-2023 |
Foto galereya