2024-yilning 19-may kuni kuchli yog‘gan yomg‘ir sabab Shahrisabz tumanining tog‘li hududlarida sel kelishi kuzatildi. Ushbu holat ma’lum muddat atomobil yo‘llarida suv toshishiga olib keldi.

Xususan, 4K-285 Miraki-Xisorak avtomobil yo‘lining ma’lum qismlarida suv toshqini yuzaga kelish holatlari tezkorlik bilan ishchi guruh tomonidan bartaraf etildi.

Hozirda avtomobil yo‘lida odatdagi tartibda qatnov davom etmoqda.

21-05-2024 |
Foto galereya