Markazda kasbilik ayollar bilan samimiy suhbat qilindi. Hududda ayollar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan holda vohaning qadimiy urf-odatlari, o‘ziga xos gilamdo‘zlik, kashtachilik anʼanalarini saqlab qolish va rivojlantirish, yoshlarga ham o‘rgatish lozimligi alohida eʼtirof etildi.

Shu yerning o‘zida oila va xotin-qizlar tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari hamda mahallalarga biriktirilgan tijorot banklari vakillari bilan ham yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka keng jalb etish va iqtisodiy faolligini oshirish hamda salomatligiga eʼtibor qaratish borasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va mahalla yetilligi bilan hamkorlikda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aytib o‘tildi.

Shuningdek, jarayonlar davomida Senat raisi va viloyat hokimi tumandagi "Naxshab tex group" MCHJ faoliyati bilan ham tanishgan edi.

20-04-2024 |
Foto galereya