Prezidentimiz topshiriqlari bilan viloyatimizdagi 4 ta mahallada - Quyi Beshkent (Qarshi tumani), Obod Neko'z (Kasbi tumani), Chiroqchi (Koson tumani) va Jonbuloq (G'uzor tumani) mahallalarida "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla" tamoyili asosida ishlar boshlab yuborildi.

Shu bois, viloyat hokimi Murotjon Azimov Qarshi tumanidagi Quyi Beshkent mahallasida bo'lib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Mahalla tumanning eng obod manzillaridan biriga aylanmoqda. Jumladan, mahalla ahliga tibbiy xizmat ko`rsatuvchi Quyi Beshkent shifo maskani yangidan to`liq kapital ta`mirlanmoqda. Mahallada aholiga yetkazilayotgan elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida ham bir qator ishlar bajarilmoqda.

Mahalla hududida mahalla binosining yo‘qligi sababli ayni paytda yangi mahalla binosi barpo etilmoqda. Uning yonida "Otalar choyxonasi" qurish, Beshkent-Charog`il avtoyo‘liga olib chiquvchi yo‘l chetidan piyodalar yo‘lagini qurish ishlari bajarilmoqda. Bundan tashqari, tibbiy ko`rik, madaniy-ma`rifiy tadbirlar, targ`ibot ishlari hamda mahalladagi barcha xonadonlarda va ko`chalarni tartibga keltirib, obodonlashtirilmoqda.

Shu yerning o'zida tuman hokimi Z.Aliqulov viloyat hokimi va mahalla ahliga qilinishi rejalashtirilayotgan ishlar taqdimotini taqdim etdi. Shuningdek, tumandagi barcha mahalla raislari ishtirokida ular ham o`z mahallalarini ushbu Quyi Beshkent mahallasi kabi holatga keltirishlari uchun sharoitlar yaratish bo`yicha seminar tashkil etildi.

18-01-2024 |
Foto galereya