Joriy yilning may oyida Kitob tumanidagi tog‘li “Makrid” kengliklari hududidagi 62 gektar yer maydonida Xitoyning yirik korporatsiyalaridan biri tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritilishi hisobidan "Qarshi Conch sement" xorijiy korxonasini ishga tushirgani haqida xabar bergan edik.

Bugungi kunda mazkur korxonada asosiy mahsulot ishlab chiqarish va zavodning keyingi bosqichini ishga tushurish bo‘yicha ishlar davom ettirilib, 400 nafar xodimlar mehnat qilmoqda. Shundan, 250 nafarini mahalliy aholi tashkil etadi.

Kuni kecha viloyat hokimi Murotjon Azimov xitoylik hamkor bilan uchrashib, unda ishonchli va istiqbolli hamkorlik uchun kompaniya rahbari Zou De Gangga tashakkur bildirdi va Kitobdagi “Qarshi Conch sement” loyihasi har ikkti tomon uchun manfaatli bo‘lganini taʼkidladi. Shuningdek, Xitoy kompaniyasi rahbarini faxriy yorliq bilan taqdirladi.

Maʼlumot uchun, hozirda Qashqadaryo viloyatida 36 ta Xitoy sarmoyasi ishtirokida qo‘shma korxonalar faoliyat olib bormoqda. Ularning yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 117 mln. dollarni tashkil etib, Xitoyga mahsulotlar eksporti hajmi 10 mln. dollarga o‘sishga erishildi.

20-12-2022 |
Foto galereya