Bo`sh ish o`rinlari

Qashqadaryo viloyati hamda tuman (shahar) hokimliklaridagi shtat birliklari va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida

 

Viloyatdagi tuman (shahar)lar sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari manzillari to‘g‘risida maʼlumot

 

Qashqadaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparatida kadrlarni tanlash, suhbat o‘tkazish va joy-joyiga qo‘yish tartibi to‘g‘risida

Vakant lavozimlarga nomzodlarni tanlashga qo‘yiladigan talablar

Qashqadaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparati, viloyat hokimligi bo‘lim va boshqarmalar, tumanlar va shaharlar hokimliklaridagi vakant lavozimlarga nomzodlarni tanlashni viloyat hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradilar.

Nomzodlarni tanlashda quyidagi mezonlarga alohida eʼtibor qaratiladi:

- nomzodning tanlanayotgan lavozim bo‘yicha mutaxassisligi to‘g‘ri kelishi;

- fidoyiligi, sadoqatliligi, mehnatsevarligi, tashkilotchiligi, tashabbuskorligi, maʼnaviyati kabi mezonlarga javob berishi;

- ijro intizomiga rioya etishi, masʼuliyati va javobgarligi;

- mutaxassis vazifasiga kamida 2-3 yil, bo‘lim boshlig‘i vazifasiga
3-4 yil, tuman, shahar hokimi o‘rinbosari lavozimiga kamida 3-5 yil rahbarlik vazifasida, tashkilot rahbarligiga esa kamida 2-3 yil o‘rta bo‘g‘in yoki o‘rinbosar vazifasidagi soha yo‘nalishi kesimida mehnat stajlariga ega bo‘lishi;

- tavsiya etilayotgan vazifa bo‘yicha yetarli amaliy tajribasi bo‘lishi;

- mutaxassisligi bo‘yicha qaysi seminar-treninglarda, shu jumladan, xalqaro uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, brifinglar, treninglarda ishtirok etgani va qanday ko‘nikmalarni egallagani;

- chet tillarini bilish darajasi;

- normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash tajribasi mavjudligi;

- odob-axloqi namunali va maʼnaviyatli bo‘lishi;

- axborot-texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, kompyuterda ishlash qobiliyati;

- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ilgari ishlagan joyidan berilgan annotatsiya rezyume.

Vakant lavozimlarga nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish tartibi va uning yakuni bo‘yicha javobgarlik

Tavsiya etilayotgan nomzodni (odatda 3 nafar) dastavval viloyat hokimining o‘rinbosarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari tanlaydi, o‘rganadi va hujjatlarini tegishli tartibda tayyorlab, viloyat hokimligi tashkiliy-kadirlar guruhiga yetkazadilar.

Tashkiliy-kadirlar guruhi nomzodlarning hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi va rahbariyatga kiritadi.

Nomzod bilan suhbat quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- Viloyat hokimining tegishli o‘rinbosari va uning kotibiyati mudiri;

- hokimlik guruh rahbarlari, bo‘lim boshliqlari va yuridik xizmati (o‘z sohalari bo‘yicha);

- Tashkiliy-kadirlar guruhi rahbari va mutaxassislari;

O‘tkazilgan suhbat yakunlariga ko‘ra, har bir suhbat o‘tkazuvchi masʼul xodim “Suhbat varaqasi”ga o‘z fikrini yozib, imzo chekadi.

Suhbat varaqasi va tegishli bildirgi viloyat hokimiga yakuniy qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.

Suhbat varaqasiga nomzod tomonidan yozilgan tarjimai hol, avvalgi ish joyida amalga oshirgan ishlari hamda kelajakda bajarmoqchi bo‘lgan ishlari haqida fikr-mulohazalar, takliflari va rejalari haqida maʼlumoti ilova qilinadi.

Suhbat natijalariga ko‘ra “Lozim emas deb topilgan” deb baholangan nomzodga yana imkoniyat berilib, 2-3 oydan keyin takroran suhbat o‘tkazilishi mumkin. Shundan keyin ham ijobiy xulosa berilmasa, ushbu nomzod takroran 1 yildan keyin ko‘rib chiqilishi mumkin.

Suhbatni belgilangan tartibda xolisona va prinsipial tarzda o‘tkazish bo‘yicha javobgarlik viloyat hokimining o‘rinbosarlari, guruh rahbarlari va boshqa masʼullar zimmasiga yuklatiladi.

Nomzodlar yig‘ma jildlariga qo‘yiladigan talablar

Nomzod lavozimga tayinlanganidan keyin unga quyidagi shaxsiy hujjatlar to‘plami tayyorlanadi:

- shaxsiy varaqa (so‘rovnoma);

- tarjimai hol;

- fuqarolik pasporti, diplom, mehnat daftarchasi nusxalari;

- 6 dona fotosurat;

- tavsiya xati.

- fikrnoma.

Yangilandi: 2024-04-13