
Qarshi tumanida tomchilatib sug‘orish texnologiyalari keng joriy etilmoqda
Tomchilatib sug‘orish bu mukammal sug‘orish texnikasi bo‘lib, u qo‘llanilayotganda suv bilan birgalikda, zaruriy o‘g‘itlar sug‘orilayotgan ekinning ildiz qismiga uzatib beriladi. Paxta va bug‘doyning hosildorligi 30%gacha, mevali daraxtlar va sabzavot ekinlarining hosildorligi 50%gacha oshadi. Gektaridan o‘rtacha 25-30 foizgacha mineral o‘g‘itlar tejab qolinadi. Shu maqsadda, viloyatimizda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 18-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bu ji...
- Ijtimoiy
- 72
- 05.06.2023

Suv xo‘jaligi xodimlari va soha faxriylari ishtirokida o'tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi”da viloyat hokimi Azimov Murotjon Berdialiyevichning so‘zi
Assalomu alaykum azizlar, qadrli va moʻtabar otaxonlar, onaxonlar. Viloyatimizning ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shgan, o‘z umrini el-yurt farovonligiga sarf bag‘ishlagan fidoyi insonlar. Sizlarni bugungi uch avlod uchrashuvida ko‘rib turganimdan nihoyatda mamnun ekanimni bildiraman. Aziz tadbir ishtirokchilari! Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan Yangi O‘zbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida yaratilmoqda. Ana shunday muhim bir pallada Siz kabi yoshi ulug&lsq...
- Ijtimoiy
- 140
- 03.06.2023

Hokimlik soatida bir qator masalalar o‘rtaga tashlandi
Bugun o‘tkazilgan hokimlik soatida Murotjon Azimov barcha mas’ullar ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy-tahliliy muhokama qildi. Jumladan, muammoli kreditlarni undirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi bajarilmayotgani sababli yangi loyihalarga bank mablag‘larini ajratishda bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. Viloyatda joriy yil 1-may holatida muammoli kreditlar qoldig‘i 935 mlrd. so‘mni tashkil etib, qarzdorlikni undirish bo‘yicha oylik rejani filiallar kesimida olg...
- Ijtimoiy
- 105
- 29.05.2023

Hokimlik soati: Ko‘plab sohalar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov barcha masʼullar ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy-tahliliy muhokama qildi. Jumladan, aholi, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha tashkilotlarini kuz-qish mavsumida ko‘mir mahsuloti bilan uzluksiz taʼminlash, ijtimoiy soha obyektlarini isitish tizimlarini ko‘mirga moslashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Qarshi tumani va Ko‘kdala tumani hokimlarining hisobotlari tinglandi. Viloyat hokimi agrar sohada va oziq-ovqat xavfsizligini ta...
- Ijtimoiy
- 309
- 22.05.2023

Viloyat hokimi muboraklik chorvadorlar bilan uchrashib, muammo va takliflarini tingladi
Ayni paytda yurtimizda aholining chorvachilik mahsulotlariga talabi va ehtiyoji kun sayin oshib bormoqda, uning taʼminoti masalasini hal etish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbarining sohani qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibori tufayli chorvachilikning barcha tarmogʻida ijobiy samara va natijalar kuzatilmoqda. Shu maqsadda viloyat hokimi Muborak tumanida bo'lib, chorvador fermerlar bilan uchrashdi. Tumanda 139 ta chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ularga 11774 gektar yer maydoni ajratilgan. Viloyat hokimi va viloya...
- Ijtimoiy
- 462
- 16.05.2023

Hokimlik soati: “Professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish dolzarb 60 kunligi” eʼlon qilindi
Prezidentimiz hamisha yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini taʼminlash masalalariga eng dolzarb vazifa sifatida qaraydilar. Qashqadaryo viloyatida ham yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning bandligini taʼminlash yuzasidan bir qator vazifalar belgilangan. Viloyatda bugungi kunda 44 ming 360 nafar o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan 60 ta professional taʼlim muassasalarida 183 ta kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha 27 ming 947 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. - Endi oldimizda muhim masala - ularnin...
- Ta'lim
- 470
- 10.05.2023

Viloyatda suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Qarshi tumani hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Joriy yilning 18-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida suv xo‘jaligida va farmatsevtika sanoatida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda bu borada topshiriqlar berilgan edi. Yig‘ilishda taʼkidlanishicha, 2023-yilda viloyatda 26,1 ming gektar, shundan, 22,5 ming gektarda tomchilatib, 2,1 ming gektarda yomg‘irlati...
- Ijtimoiy
- 582
- 29.04.2023

Murotjon Azimov tadbirkor va ishbilarmonlar bilan muloqot qildi (foto)
Viloyat hokimi Murotjon Azimov vohamiz tadbirkor va ishbilarmonlari bilan bir piyola choy ustida samimiy muloqot qilib, ularni taklif va muammolarini tingladi. Dasturxon atrofida Qurʼon tilovat qilinib, yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, tadbirkorlar faoliyatiga, shuningdek, Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga rivoj tilab, duolar qilindi. Uchrashuvda viloyat sektor rahbarlari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Xodjimatov hamda bir guruh olima va madaniyat xodimlari ham ishtirok ishtirok etdi.
- Ijtimoiy
- 699
- 20.04.2023

Har bir yosh doimiy va birdek e'tiborda
Yoshlarning ilm olishi, ularni kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash hamda ijtimoiy muammolarini tizimli hal etish bugunning dolzarb masalalaridan biridir. Sababi, "Yangi O'zbekiston"ning buyuk kelajagi yoshlar qo'lida bo'lib, bularning hammasi yurtboshimizning shaxsan doimiy e'tiboridadir. Viloyat hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahridan o'ziga biriktirilgan 26 nafar probatsiya nazorati, profilaktika hisobida turuvchi va yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolgan yoshlar bilan viloyat sektor rahbarlari ishtirokida samimiy muloqot qildi. Ularning muammo va takliflarini o'rgandi....
- Ijtimoiy
- 393
- 06.04.2023

Murotjon Azimovni maktab direktorlari bilan uchrashuvidagi nutqi
Assalomu alaykum, hurmatli taʼlim fidoyilari, qadrli maktab direktorlari, aziz o‘qituvchilar! Muqaddas oyda, xalqimiz eng ezgu istaklarini tilab, Yaratgandan so‘rayotgan bir paytda, Ustozlar bilan uchrashib, taʼlim tizimini rivojlantirish haqida suhbatlashayot-ganimiz bejizga emas. Qutlug‘ oyda qilingan niyatlar, istaklar ijobat bo‘ladi. Sir emaski, ustoz jamiyatni olg‘a boshlovchi va uning ertangi kunini taʼminlovchi, taʼbir joiz bo‘lsa, yo‘lchi yulduzdir. Ustozsiz hech bir jamiyat kamolga yetmagan, aksincha, inqirozga yuz tutgan. Abdulla Avloniy:...
- Ijtimoiy
- 458
- 31.03.2023