Qashqadaryo viloyatida 2023-yilning o‘tgan 12 oyi davomida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 2430 ta holatda 983,9 gektar yer maydonida qonunbuzarlik holatlari aniqlangan.

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman-shahar bo‘limlari tomonidan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida 319 gektarda sodir etilgan 887 ta yer qonunbuzilish holatlari fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi.

O’zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish to‘g‘risida esa Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 1399 ta da’vo arizalari kiritildi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganida yerga oid qonunbuzilish holatlarining eng ko‘pi Qarshi shahri hududida aniqlangan 253 ta.

Shulardan 67 ta holatda fuqarolar yer maydonlarini noqonuniy egallashga doir qonunbuzarlikni ixtiyoriy bartaraf etishgan. Qonunbuzarlik holatlari eng kam qayd etilgan hudud esa Kasbi tumani 76 ta.

Unutmang, yerlarni noqonuniy egallab olish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.

08-01-2024 |
Foto galereya