O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni bilan mamlakatimizda, xususan, Qashqadaryo viloyatida moʻtabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida quyidagi vohamiz xotin-qizlari ham mukofotlandi:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Muradova Gulzira Sariyevna - Mirishkor tumanidagi "Yangi Mirishkor agropilla" masʼuliyati cheklangan jamiyati pillachisi.

“Shuhrat” medali bilan

Achilova Firuza Kurbanovna - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali logistikada axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti,

Ishonqulova Dilrabo Sayfiyevna - Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining sex qurilmasi kuzatuvchisi,

Turayeva Qunduz Xaitovna - "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasi katta elektr mexanigi.

06-03-2024 |
Foto galereya