Joriy yilning 18-aprel kuni prezident rahbarligida suv xo‘jaligida va farmatsevtika sanoatida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o'tkazildi.

Unga ko‘ra, agrar sohada suv yo‘qotilishi, nasos stansiyalarining energiya isteʼmoli ko‘pligi, suv zaxiralari kamligi va suv tejovchi texnologiyalar bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama etilgan holda Jizzaxning Paxtakor tumanida, tajriba tariqasida yopiq quvurli sug‘orish tizimini joriy qilish maʼlum qilingan edi.

Ayni shu bois, Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o'rinbosari U.Uzakov boshchiligidagi klasterlar va fermerlar Paxtakor tumanida tashkil etilgan amaliy seminarda ishtirok etishib, davlat rahbari topshirig‘iga asosan u yerda yopiq quvurli sug‘orish tizimini joriy qilishdagi tajriba va imkoniyatlar bilan tanishdi.

26-04-2023 |
Foto galereya