Tashkil etilganiga 1 yildan oshgan tumanda Prezidentimizning so‘zlari amalda o‘z isbotini topib, tumanda misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi va davom etmoqda.

Bugun ham tuman markazida Adliya binosi (FHDYO, Davlat xizmatlari markazi), dunyo standarti talablariga javob beradigan kutubxona va shu yerning o‘zida IT-Park, o‘quv binosi, Davlat soliq inspeksiyasi va Kadastr binosi hamda bir vaqtning o‘zida minglab yoshlarni bag‘riga sig‘dira oladigan yirik "Sport saroyi" foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimlarida viloyat hokimi, sektor rahbarlari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur ham tashkil etildi.

Maʼlumot uchun, ushbu binolarni zamon talablari darajasida qurish uchun Prezidentimiz tomonlaridan 36 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Bu kabi bunyodkorlik ishlari vohamizning har bir hududida jadallik bilan davom etmoqda.

01-07-2023 |
Foto galereya