Xorijdan yurtimizga, xususan, Qashqadaryoga sarmoya kiritish istagida bo‘lgan chet ellik tadbirkor va ishbilarmonlar bilan doimiy hamda natijaviy aloqalarni yo‘lga qo‘yish nafaqat viloyatimiz iqtisodiyotiga, balki, ijtimoiy va bandlik masalalarida ham muhim o‘rin tutadi.

Shu boisdan, joriy yilning 11-mart kuni viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi masʼullar Fransiya, Ispaniya va Xitoyning 3 ta yirik kompaniyasi rahbarlarini ham qabul qilib, bir qator masalalarda muzokaralar olib bordi.

Birgina Fransiyaning "Eiffage Génie Civil" kompaniyasi bilan hamkorlikda “Yakkabog‘-Qarshi” magistral suv quvurini qurish va mavjud suv taqsimlash inshootlarini rekonstruksiya qilish loyihasi ham shular jumlasidandir.

Shuningdek, O‘zbekiston - Xitoy biznesmenlar assotsiatsiyasi rahbari Bahtiyor Muhammadiyev hamrohligidagi "Power uhuru share limited" kompaniyasi ham qator sohalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Xususan, quyosh va shamoldan energiya olish, quyosh panellari jihozlari, qurilish (tog‘-kon) materiallari va elektrotexnika vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

12-03-2024 |
Foto galereya