Viloyat hokimi Murotjon Azimov Yakkabog' tumani "Ayg'irkul" mahallasi hududida yangidan barpo etilayotgan turar-joy binolarini qurilishi va tashqi muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlash holati hamda "Eko bozor"da amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Unda masʼullarga birinchi navbatda barcha ishlarni sifatli olib borish kerakligi alohida taʼkidlanib, tayyor uy-joylarning atroflariga obodonlashtirish hamda bolalar maydonchalari va o'yingohlar qurish, "Yangi O‘zbekiston" massivi hududida 2 bosqichdagi kanalizatsiya quvurlari ishini davom ettirish, oqova toza ichimlik suv quvurlarini tortib, montaj ishlarini boshlash, ko'p xonadonli uylarni mukammal va joriy taʼmirlash hamda issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish kabi masalalarda masʼullarga kerakli topshiriqlar berib o'tildi.

Maʼlumot o'rnida, ushbu massivda 5 qavatli bo‘lgan zamonaviy uy-joylar qurilish ishlarining birinchi bosqichi o'z yakuniga yetdi. Ayni vaqtda esa mazkur ko'p qavatli uy-joylar qurilishining ikkinchi bosqich ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Yangi O'zbekiston massivida "Eko bozor", mehmonxona va boshqa turdagi maishiy xizmat ko'rsatish, ko'ngilochar binolar ham qad rostlamoqda. Ayni vaqtda massiv hududida 330 o'rinli umumiy o'rta taʼlim maktabi hamda 120 o'rinli maktabgacha taʼlim tashkilotining qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilish arafasida.

02-03-2024 |
Foto galereya