Tuman va shahar hokimlari o‘zi rahbarlik qilayotgan hududini 2024-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini viloyat hokimiga taqdimot qilmoqda. Xuddi shu yerning o‘zida viloyat hokimi Murotjon Azimov topshirig‘i bilan tadbirkorlar, banklar va viloyat tashkilotlari jalb qilinib, muammolarga yechim ham topilmoqda.

Jumladan, Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov ham taqdimot o‘tkazib, 270 ming nafar aholisi mavjud hududni sohalar bo‘yicha rivojlantirish dasturini maʼlum qildi. Loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar ham so‘zga chiqib, o‘z taklif va muammolarini bildirishdi.

Shuningdek, viloyat rahbari bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida markaziy ko‘chalar va bozorlarni aylandi. Aholiga munosib shart-sharoit yaratish masalalarini tuman sektor rahbarlari bilan muhokama qildi. Tumandagi kichik sanoat zonasida isitish qozonlari va chinni ishlab chiqarish loyihalari bilan ham tanishdi. Ushbu KSZda bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarib, yurtimiz bo‘ylab tarqatilmoqda.

Viloyat sektor rahbarlari tumandagi “O‘zbekiston” MFY binosini ochilish marosimida ham ishtirok etib, aholi va mahalla yetttiligi bilan muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, yaqinda foydalanishga topshirilgan nodavlat taʼlim muassasasi o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda Bahoriston oilaviy shifokorlik punktining Qoraburug‘ filialiga borib, tibbiyot xodimlari bilan muloqot qildi.

Tadbirlar doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur ham tashkil etildi.

04-03-2024 |
Foto galereya