Yurtboshimizning Qashqadaryoda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan bergan reja-topshiriqlari doirasida Dehqonobod tumanida tez tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash, soha xodimlariga yetarlicha qulaylik va sharoitlar yaratib berish maqsadida tuman “Tez tibbiy yordam stantsiyasi”ning yangi binosi qurib foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etib, dehqonobodliklarni yangi va zamonaviy bino bilan qutlashdi.

Prezidentimizning dehqonobodliklarga yana bir sovgʻasi sifatida 2 ta yangi tez tibbiy yordam mashinasi ham shifokorlarga topshirildi.

04-05-2024 |
Foto galereya