Viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi sektor rahbarlari va nuroniylar bugun Nishon tumanidagi “Talimarjon” suv ombori va 7-nasos stansiyasida bo‘lishdi.

Viloyat rahbari mavsumiy sug‘orish ishlarida suv ombori va nasos stansiyasining o‘rni beqiyos ekanligini taʼkidlab, qish oylaridagi mashaqqatli mehnat o‘z mevasini berishini bildirdi.

Shundan so‘ng jonliq so‘yilib, Qurʼon tilovat qilindi. Yig‘ilganlar osmonimiz musoffoligi, yurtimiz tinchligi, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishi va qishloq xo‘jaligida baraka so‘rab duolar qilishdi. So‘yilgan jonliq go‘shtlari kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatildi.

Shuningdek, mehmonlar va ishchi-xodimlar uchun dasturxon yozildi. Bir guruh soha fidoyilari viloyat hokimining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

01-03-2024 |
Foto galereya