Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida foydalanishga topshirilgan “Nuroniylar maskani” keksa avlod vakillariga davlatimiz eʼtiborining amaldagi yorqin ifodasi bo‘ldi.

Mazkur go‘shada mehnat faxriylarining madaniy hordiq olishi uchun dam olish xonasi, kutubxona va tibbiyot xonalari, sport-sog‘lomlashtirish zali, shaxmat-shashka tashkil etilgan.

Maskanning ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi sektor rahbarlari, viloyat va tuman nuroniylari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan inson qadrini ulug‘lash, keksalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning chegarasi yo‘qligi, ularni ijtimoiy himoyalash, hurmat-ehtirom ko‘rsatish, salomatligini saqlash uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib berilganligi, doimiy eʼtiborda ekanligini taʼkidladi.

Maʼlumot uchun, shu yerning o‘zida tuman Nuroniylar bo‘limi, mahalla yettiligi, Maʼnaviyat bo‘limi, sport zallari va boshqa ko‘plab ijtimoiy-tarbiyaviy markazlar joylashgan.

26-02-2024 |
Foto galereya