Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi viloyatimizda bo‘lib, tadbirkorlar qabulini o‘tkazdi.

Komissiya raisi, Bosh vazir o‘rinbosari J.Xodjayev, Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev va viloyat hokimi M.Azimovlar tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o‘tkazib, 100 ga yaqin tadbirkorlarning muammolari va takliflari tinglandi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarning 20 ta masalasi joyida hal etilib, qolgan muammolar bo‘yicha tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, viloyat prokuraturasida tashkil etilgan Tadbirkorlik va investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat shtabi faoliyati bilan tanishdi.

21-06-2023 |
Foto galereya