Kecha o‘tkazilgan "hokimlik soati"da viloyat hokimi Murotjon Azimov barcha masʼullar ishtirokida Prezidentimizning qaror hamda farmonlarini bajarilishi, hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish, viloyatda davriy bosma nashrlarni rivojlantirish, ularni tarqatish tizimini qo‘llab-quvvatlash hamda bu borada tashkilot, muassasa, korxona rahbarlari va mahalliy hokimliklarining zimmasidagi vazifalarni bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy muhokama qildi.

Shuningdek, viloyat, tuman va shahar hokimliklari bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalarining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida ham rejalar belgilab olindi.

Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar muhokama qilinib, kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

30-01-2024 |
Foto galereya