Sport - bu mamlakat shon-shuhratini dunyoga tez tanita oladigan, o'sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama yetuk va barkamol, vatanparvar inson bo'lib tarbiyalanishiga xizmat qiluvchi muhim bir omildir. Prezidentimizning esa sohani rivojlantirishga bo'lgan e'tiborlari alohida bo'lib, sportchilarimizni qo'llab-quvvatlashga bo'lgan harakatlari barcha rahbarlarga namuna bo'lmoqda.

Yuqorida ta'kidlangan jihatlarni e'tiborga olgan holda joriy yilning 7-9-aprel kunlari Qarshi shahrida sportning dzyudo turi bo'yicha 2008-2009-yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida "Qashqadaryo viloyat hokimi ochiq sovrini" musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda mezbonlardan tashqari respublikamizning barcha hududlaridan hamda qoʻshni Tojikiston, Qozogʻiston respublikalaridan 500 dam ortiq umidli sportchilarning ishtirok etayotganligi ushbu musobaqa bahslari qizgʻin raqobat ruhida o'tganidan dalolatdir.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov ham musobaqaning final bosqichiga tashrif buyurib, sportchilarga dalda bo'ldi. G'olib va sovrindorlar tantanali ravishda viloyat hokimining diplom, medal va qimmatbaho estalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, ularning murabbiylari ham e'tirof etilib, viloyat rahbari jahon arenalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan qashqadaryolik sportchilar bilan yaqindan muloqot qildi.

10-04-2023 |
Foto galereya