Viloyat hokimi Murotjon Azimov barcha masʼullar ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va Prezident qarorlari bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy-tahliliy muhokama qildi.

Jumladan, viloyatida muqobil energiya manbalarini joriy qilish masalasiga to‘xtalib, viloyat bo‘yicha 4 030 ta obyektlarda 53,4 MVt quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatish rejasi muhokama qilindi. Bu borada Chiroqchi va Mirishkor tumanlari belgilangan rejani eng past darajada bajargan bo‘lsa, Yakkabog‘, Qarshi, Kasbi, Qamashi tumanlari va Shahrisabz shahari ham oxirgi o‘rinlarda ketmoqda.

Viloyatda ijtimoiy soha obyektlarinining isitish tizimlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha ham to‘xtalgan viloyat rahbari, hududlar bo‘yicha qilingan va qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni tahlil qilib, tegishli topshiriqlar berdi.

Bugungi kunda viloyatimizga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish ham muhim masalaga aylangan. Ayniqsa, investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi ish o‘rni va daromad manbaiga aylanadi.

Viloyat hokimini topshirig‘i bilan, iyul-noyabr oylari davomida 900 tadan ziyod loyihalarni ishga tushirish va bu orqali aholi bandligini taʼminlanadigan bo‘ldi.

Ko‘plab sohalar bo‘yicha tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan hokimlik soatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator masʼullarga ogohlantirishlar berildi. Reja bo‘yicha bajarilmagan topshiriq va loyihalarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

18-07-2023 |
Foto galereya