Viloyat hokimi Murotjon Azimov barcha masʼullar ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy, investitsiyaviy salohiyatini rivojlantirish va Prezident qarorlari bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda murojaatlar bilan ishlash holatini tanqidiy-tahliliy muhokama qildi.

Yig‘ilishda viloyatdagi ayrim rahbarlar faoliyatida tashabbuskorlik yetishmayotganligi, o‘z ishiga nisbatan masʼuliyatsizlik, fuqarolarning murojaatlariga befarqlik kabi salbiy holatlar uchrayotganligi taʼkidlandi.

Yig‘ilishda eksport prognoz ko‘rsatkichlari tuman/shaharlar kesimida tahlil qilinib, ishni to‘g‘ri tashkil etmagan tumanlar jiddiy ogohlantirildi.

Viloyat hokimi aholi murojaatlariga ham to‘xtalib, murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni ham muhokama qildi. Murojaatlarni bajarish muddatlarini buzgan tashkilot rahbarlariga qonunda belgilangan choralarni qo‘llash topshirig‘i berildi.

09-10-2023 |
Foto galereya