14 - yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan hamkorlikda Huquqni muxofaza qilish organlarining harbiy xizmatchilari o‘rtasida havoli miltiqdan “O‘q otish” musobaqasi tashkil etildi.
 
 
Unda, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari va harbiy tuzilmalari, Ichki ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari harbiy qism bo‘linma muassasalari va Davlat bojxona qo‘mitasi tizimlariga qarashli barcha harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
 
 
Musobaqa yakunida jamoaviy baxslarda:
 
1-o‘rinni DXX Cheraga qo‘shinlari 9205 harbiy qism jamoasi,
 
2-o‘rinni Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘mondonligiga qarashli 99150 harbiy qism jamoasi,
 
3-o‘rinni Qarshi halqaro aeroportlarda xavfizligini ta’minlash qo‘shinlariga qarashli 7256 harbiy qism jamoasi qo‘lga kiritdi.
 
Yakkalik baxslarda:
 
1-o‘rinni DXX Cheraga qo‘shinlari 9205 harbiy qism kichik serjant Yusufjon Poziljonov,
 
2-o‘rinni Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qarashli 86729 harbiy qism Shartnoma asosidagi harbiy hizmatchi oddiy askar Abror Ergashev,
 
3-o‘rinni Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlariga harashli 7533 harbiy qism kichik serjant Asliddin Aliyevlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
 
 
Gʻolib jamoa va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘a, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi
08-01-2022 |
Foto galereya