Raxmonqulov Jamshid Aliqulovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jamshid Raxmonqulov 1987-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashi deputati.

Tayinlovga qadar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida amalga oshirildi.

05-07-2023 |
Foto galereya