Viloyat hokimi Murotjon Azimov Muborak tumanida bo‘lib, umumtaʼlim maktabi va tikuvchilik markazi ochilishida ishtirok etidi. Shuningdek, tuman markazidagi oziq ovqat bozori va istirohat bog‘ida o‘rganishlar olib bordi. Issiqxonachilik sohasida faoliyat yuritib, xalqimizga arzon narxlarda pomidor va bodring yetkazib berayotgan tadbirkor dehqonlar bilan uchrashib, muammolarini tingladi.

Jumladan, viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida bo‘lgani kabi yurtimizning mustaqillik bayrami arafasida Muborak tumanida ham loyiha qiymati 16.7 mlrd. so‘mlik yangi umumtaʼlim maktabi foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida viloyat sektor rahbarlari, nuroniylar, mahalla ahli hamda bir guruh tuman faollari ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, maktab tumanning “Istiqlol” MFY Yangi qoraqum massivida qurilgan bo‘lib, maktab qishki va yozgi sport maydonchalari, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan laboratoriya, turli kasblarni o‘rgatuvchi moslashtirilgan xonalarga ega.

Viloyat hokimi Murotjon Azimovning Muborak tumaniga tashrifi davomida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur ham tashkil etildi. 

07-08-2023 |
Foto galereya