Viloyat hokimi boshchiligidagi tadbirkor va ishbilarmonlardan iborat delegatsiya XXRning Urumchi (Shinjon) shahrida yirik korxonalarga tashrif buyurdi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik bo'yicha Murotjon Azimov bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jumladan, Xitoyning “Xinjiang China Cotton Seeds Co Ltd” kompaniyasi bilan 100 gektar yer maydonida paxta urug‘chiligi markazi, biolaboratoriya tashkil etish loyihasi kelishildi.

“Zhongguancun Smart City Co. Ltd” kompaniyasi bilan aqlli qishloq xo‘jaligi loyihasi (suv hisoblagichlar texnologiyasi) va “aqlli shahar” loyihasi bo‘yicha hamda “Power Uhuru Shfre Limited” kompaniyasi bilan Kitob tumani shamol elektr stansiyasi qurish loyihasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, "O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi"da hamkorlik memorandumlari doirasida Qarshi shahri va Anxoy provinsiyasining Xefey shahri o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Unga ko‘ra, Xefey shahrining 100 nafar yirik tadbirkorlari joriy yilning mart oyida Qarshi shahriga tashrif buyurishib, bir qator hamkorlik loyihalarini amalga oshirishadi.

23-01-2024 |
Foto galereya