Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida tashkil etilgan Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi.

Kecha viloyat hokimi sohaga tegishli masʼul rahbarlar bilan uchrashib, davlatimiz tomonidan aholini kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish, ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, xavf guruhlariga tushib qolgan oilalarni aniqlash va kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish orqali ularning og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish va nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot kechirishi uchun qulay muhit yaratish masalalarida muloqot qildi.

Ularning taklif va muammolarini tinglab, muammolarga yechim yo‘llari, takliflarb bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Viloyat hokimi topshirig‘i bilan shu kunning o‘zida boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlangan J.Raxmonqulov rahbarligida viloyat shtabi ish boshladi.

07-07-2023 |
Foto galereya