Viloyat hokimi Murotjon Azimov tuman hokimlari va klasterlar rahbarlari bilan uchrashdi. Muloqot davomida klasterlarning muammolari va joriy yilgi paxta yig‘im-terimiga tayyorgarligi, faoliyatini ko‘p tarmoqli yo‘nalishga o‘tkazish bo‘yicha sanoat va investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishildi.

Maʼlumot uchun, joriy yilda viloyatdagi mavjud 18 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari va 6633 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 137,5 ming gektar maydonda paxta hosili yetishtirilmoqda. Viloyat rahbari terimga ham alohida to‘xtalib, terim pullarini narxi, hasharchilarga yaratiladigan sharoitlar, paxta tashish traktorlari va tirkamalarni shayligi hamda paxta terimini mexanizatsiya darajasini oshirish bo‘yicha mavjud 192 dona paxta terish mashinalari orqali tashkil etish uchun texnikalarni mavsumga tayyorlash holatlari ham ko‘rib chiqildi.

Joriy yilgi terim mavsumi sentyabr oyi boshidan boshlanishi kutilmoqda.

28-08-2023 |
Foto galereya