Viloyat hokimi tumandagi “PROMMAX” MCHJ, "TURDI MUAZZAM SERVIS" OK va "NEA TEST" MCHJlarda bo‘lib, ishlab chiqarish turlari, sifati va qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi.

Infokioska ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan “PROMMAX” MCHJ bir yilda 300 dona mahsulot ishlab chiqarib, bozorga yetkazib bermoqda. "NEA TEST" MCHJ esa bir yilda 600 dona MDF eshiklari ishlab chiqarmoqda. "TURDI MUAZZAM SERVIS" oilaviy korxonasi ham yiliga 1500 dona zamonaviy va xavfsiz isitish pechlarini ishlab chiqarmoqda.

Ushbu korxonalarda bugungi kunda 100dan ziyod mahalla ahli ishli bo‘lgan. Viloyat hokimi korxona rahbarlariga yuzlanib, faoliyatini yanada kengaytirish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha loyihalarini qo‘llab-quvvatlashini taʼkidladi.

11-10-2023 |
Foto galereya