Muloqot davomida ularning muammolari tinglanib, oila aʼzolari bilan bog‘langan holda tez orada yechim topish choralari belgilandi. Murojaatlarning aksariyati tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bandlik va sog‘liqni saqlash sohasiga tegishli bo‘ldi.

Yakunda viloyat hokimi taklifi bilan bu kabi uchrashuvni har oyda turli davlatlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar bilan o‘tkazishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun, Prezidentimiz qarori bilan hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan bir qator imtiyozlar belgilangan.

20-06-2023 |
Foto galereya