Viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari G‘uzor tumanida o‘rganishlar olib bordi.

Shuningdek, Murotjon Azimov tuman hokimi Bekzod Suyunovning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi taqdimotida ishtirok etib, shu yerning o‘zida Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan g‘uzorlik tadbirkorlar bilan muloqot qildi.

Shundan so‘ng, kechki payt rahbarlar “Pachkamar” suv omborida bo‘lib, “Saidxo‘ja qorovul ota” ziyoratida bo‘lishdi. Osmonimiz musoffoligi, yurtimiz tinchligi, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishi va qishloq xo‘jaligida baraka so‘rab duolar qilindi.

29-02-2024 |
Foto galereya