Xabaringiz bor, bu yil avgust oyida "20-avgust – Tadbirkorlar kuni" munosabati bilan Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi muloqoti o‘tkaziladi.

Ushbu muhim tadbir oldidan viloyat hokimining joriy 26-iyuldagi tegishli farmoyishiga asosan viloyatda tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va hal qilish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi va uning zimmasiga joylarda sayyor qabullar o‘tkazib, ishbilarmonlar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni joyida hal qilish hamda tizimli masalalar va ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflarni ekspert guruhlariga kiritib borish kabi vazifalar yuklatildi.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib, bugun mazkur ishchi guruhi aʼzolari viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida Qarshi shahrida bir guruh tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilishdi va ular tomonidan ko‘tarilgan muammolarni tezkor hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olishdi.

04-08-2023 |
Foto galereya